Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi 6-Galaravot saylov okrugi deputati R.Rabbanaqulov hamda mahalla yettiligi ishtirokida sayyor qabul tashkil qilinib, fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Qabulda tibbiy yordam, moddiy yordam, koʻchalarni shagʻallashtirish, “Toza hudud” korxonasi tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarga qonun doirasida tushuntirishlar berilib, tegishliligi boʻyicha tashkilotlarga yoʻnaltirildi.