Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-son “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.
🔹 O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, xususan, lotoklarning sifati va belgilangan me’yoriy talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
🔹 Shuningdek, bunyodkorlik ishlarining amaldagi talablar asosida olib borilishi hamda belgilangan me’yorlarga rioya etilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.