Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining
HAFTALIK ISH REJASI DAYJESTI
16-mart — Dushanba
Deputat Alijon Ro‘ziyev tomonidan “Ehtirom” mahallasi “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish.
Shuningdek, aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborish.
Mas’ul: N. Xamdamova
17-mart — Seshanba
Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha muvaqqat komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Mas’ul: A. Nasritdinov
18-mart — Chorshanba
17-Shoqishloq saylov okrugidan saylangan deputat Feruz Yusupov tomonidan “Shoqishloq” mahallasi yettiligi faoliyatini 24 talik tavsiyalar asosida o‘rganish.
Aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish.
Mas’ul: N. Xamdamova
19-mart — Payshanba
7-Tortuli saylov okrugidan saylangan deputat Mas’ud Ashurovning fuqarolar bilan uchrashuvini tashkil etish.
Mas’ul: A. Nasritdinov
20-mart
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi haftaning ish rejasi shakllantiriladi.
Eslatma:
Mazkur vazifalar ijrosi Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyati tomonidan nazoratga olingan.