YOSHLAR BILAN SAMARALI UCHRASHUV
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 21-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati D.Sharopova Madaniyat mahallasidagi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi.