📣Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 3-Qo‘rg‘oncha saylov okrugi deputati Axmadjonov Mirsaid Olimovich Buzuqqo‘rg‘on MFY aholisi bilan uchrashdi.
🔷Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi 3-Qo‘rg‘oncha saylov okrugi deputati Axmadjonov Mirsaid Olimovich tomonidan Buzuqqo‘rg‘on MFYda mahalla yettiligi hamda fuqarolar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
🔹Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Fuqarolarning murojaatlari deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
🔹Shuningdek, hududdagi zovur masalasi ham muhokama qilinib, deputat tashabbusi bilan zovurni kovlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlar mahalla obodonchiligi hamda aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
🔹Deputat tomonidan bunday uchrashuvlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.