Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTAT MAHALLA FAOLIYATI BILAN TANISHDI

 DEPUTAT MAHALLA FAOLIYATI BILAN TANISHDI  

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Melikov saylangan hududdagi Do‘stlik mahalla faollari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida mahalla hududiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida mahalla aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Deputatlar mahalla yettiligi bilan suhbatlashib, aholining murojaatlari, taklif va istaklarini tingladi. Shu bilan birga, hududda olib borilayotgan ishlarni samarali tashkil etish, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3