Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

TIBBIYOT XIZMATI DEPUTAT NAZORATIDA

TIBBIYOT XIZMATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati F.Yusupov tumanning "Shohqishloq" mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik poliklinikasi faoliyatini va u yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirildi. 

Deputat birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari samaradorligini oshirish va aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar jumladan, aholi salomatligini asrash borasida mutasaddilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat va tahlil qildi. Shuningdek, mas’ullarga aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash hamda profilaktikasini tashkil etish borasida tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 3