Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev chegaraoldi ovullarga yo'l oldi.

Hurmatli Prezidentimizning “2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-sonli qarori asosida  tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan ishlar, aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev chegaraoldi ovullarga yo'l oldi.

Tashrif davomida dastlab “Sarjal” ovul fuqarolar yig‘inida ovul “yettiligi” bilan uchrashilib, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularni ijobiy hal etish masalalari ko'rib chiqildi.

Uchrashuv davomida ijtimoiy soha obyektlari hamda fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, yashash sharoitlari, mavjud muammolar va aholining ehtiyojlari o‘rganildi.

Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati (https://t.me/konimex_tumani_axborot_xizmati)

Slide 1 of 4