Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova Kengashning haftalik ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston mahallasidagi savdo do‘konlarida aholi uchun eng zarur iste’mol mahsulotlarining narx-navosi va yetarliligini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 7-iyundagi 251-son “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ham nazorat qilindi. Xususan, 1-navli va oliy navli un hamda osh tuzining belgilangan tartibda majburiy boyitilganligi ko‘zdan kechirildi.
🤝 Bunday o‘rganishlar aholining sifatli, xavfsiz va hamyonbop mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Xalq vakili — xalq manfaatlari himoyasida!