Oltinsoy tumani “Qorliq” mahallasida joylashgan 64-sonli umumta’lim maktabida yoshlarni sportga keng jalb etish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz