Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📚 Ta’lim sifati — e’tibor va sharoitdan boshlanadi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Dusmatova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Turon mahallasidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🏫 O`rganishda maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda maktab kutubxonasining holati o‘rganildi.

📖 Ayniqsa, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va zamonaviy ta’lim uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

✨ Farzandlarimiz uchun yaratilgan har bir qulaylik — kelajagimizga kiritilgan muhim sarmoyadir!

Slide 1 of 3