Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan hududdagi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish va mavjud masalalarni tahlil qilish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Ziyadullayev tomonidan tuman Mikrokreditbank filialida hamkorlik ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bank filialining faoliyati, tadbirkorlik subyektlari va aholi bilan ishlash yo‘nalishlari, kredit xizmatlarini ko‘rsatish holati hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi.
Shuningdek, bank faoliyatida mavjud masalalar, aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.