Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan hududdagi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, mavjud masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kilichov tomonidan tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, tibbiyot birlashmasida mavjud masalalar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar va hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.