35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Saylovchilar_bilan_uchrashuv

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 21-"Xo‘jasoat" saylov okrugidan saylangan deputat Hakimov Yusuf Muhammadievich tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflar muhokama qilindi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Deputat o‘z faoliyatida saylovchilar bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini joyida o‘rganish hamda amaliy yechim topishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirishini ta’kidladi.

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram

Slide 1 of 3