Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_mudiri

Bog‘izog‘on, Yangihayot va O‘zbekiston mahallalari aholisidan kelib tushgan murojaatlarda mazkur hududlarni bog‘lovchi ko‘prik masalasi uzoq yillardan buyon dolzarb muammo sifatida ko‘tarib kelinayotgan edi.
Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev tashabbusi bilan uchala mahalla fuqarolari hamkorligida hashar yo‘li orqali yangi ko‘prik qurilishi tashkil etildi.
Qurilish ishlari davomida obyektning borishi va sifati o‘rganilib, ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur ko‘prik foydalanishga topshirilgach, uchta mahalla o‘rtasidagi transport va piyodalar qatnovi uchun qulaylik yaratiladi hamda aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolardan biri o‘z yechimini topadi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2