Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi, komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirok etdilar.
Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-sonli “Ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va tumandagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining hisoboti eshitildi.
Yig‘ilish yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qilindi.
🕊Telegram💬Facebook🌐E-kengash 📸Instagram▶️YouTube