Xalq deputatlari tuman Kengashining 162 ta qonun va 24 ta tavsiyalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tasdiqlangan nazorat rejasiga muvofiq, “Bo‘ston” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va unda belgilangan talablar yuzasidan aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Nazorat tadbirida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, Kengashi deputati A.Mamatmuratov, O‘zEP tuman kengashi raisi B.Eshanqulova shuningdek, Kengash kotibiyatining xodimlari ishtirok etdilar.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz