Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat oʻziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.

Oʻrganish jarayonida ichimlik suvi taʼminoti tizimining bugungi holati, mavjud suv inshootlari faoliyati hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha koʻrib chiqildi.

Jumladan:
mavjud suv inshootlarining texnik holati;
taʼmirtalab suv quvurlari va tarmoqlarining holati;
ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar oʻrganildi

Oʻrganish davomida soha mutaxassislari bilan muloqot qilinib, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3