Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Narmuratov tomonidan deputatlik nazorati doirasida “To‘xtamish” mahallasi hududida joylashgan qabristonlar va muqaddas qadamjolarda olib borilayotgan obodonlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari sifati, ozodaligini ta’minlash, atrof-muhitni yanada obod etish hamda ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muqaddas qadamjolar va qabristonlarning obod qiyofasini saqlash, ularni muntazam parvarishlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati