SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Muhokamada tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, Kengash kotibiyati mudiri, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihalari atroflicha tahlil qilinib, ularni takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz