Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy hayotiga daxldor bo‘lgan jami beshta muhim masala deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar jarayonida tegishli savol va takliflar bildirildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Qabul qilingan qarorlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni yanada obod etishga xizmat qiladi.