Guruhning bosh maqsadi — yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tashkil etilgan guruh quyidagi muhim yo‘nalishlarda tizimli ishlarni amalga oshirmoqda:
· Norma ijodkorligi va muhokamalarda faol ishtirok: Yoshlarga oid qaror loyihalarini ishlab chiqishda navqiron avlod vakillarining taklif va mulohazalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri inobatga olinmoqda.
· Kengash doimiy komissiyalari bilan hamkorlik: Deputatlar bilan birgalikda o‘tkaziladigan muhokama va nazorat-tahlil tadbirlarida yoshlar guruhi faol ishtirok etmoqda.
· Yoshlar muammolarini aniqlash va bartaraf etish: Hududlardagi dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilmoqda.
· Yoshlar parlamenti bilan hamkorlik: Respublika darajasidagi nufuzli konferensiya, forum va qo‘shma tadbirlarni tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.
· “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili:
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yoshlar o‘rtasida sodda va tushunarli tilda targ‘ib qilinmoqda.
· Huquqiy madaniyatni yuksaltirish: Yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish va zamonaviy dunyoqarashini
shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
· “Ustoz-shogird” an’anasini joriy etish: Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilan yaqin hamkorlik
o‘rnatilib, yoshlarga siyosiy va ijtimoiy faoliyat sirlari o‘rgatilmoqda.
✨ Maqsad bitta: Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va ularning tuman hayotidagi daxldorlik hissini oshirish!
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati