Жаңалықлар

#24_ta_masala

Mahallada jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Mengnarova, O‘zXDP tuman kengashi raisi O.Avazov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida “Qorliq” mahallasida o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida profilaktika inspektorining xizmat faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz

Slide 1 of 7