Жаңалықлар

Kengash_faoliyati

Deputat o‘z saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati O. Jumayev o‘z saylov okrugiga qarashli “Polvontosh” mahallasining Ishbilarmonlar va Mo'nka ko‘chalarida olib borilayotgan toshlash, tekislash va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

✅Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda. Ko‘chalarning obod qilinishi, yo‘l infratuzilmasining yaxshilanishi hamda atrof-muhitning tartibga keltirilishi mahalla qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirmoqda.

✅O‘rganish jarayonida olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan me’yor va talablar asosida bajarilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Mahalla faollari va fuqarolarning bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etayotgani, hashar va hamjihatlik ruhida mehnat qilayotgani e’tiborga molikdir.

✅Hududlarni obod qilish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4