Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Davlat Danayev tomonidan shahardagi bolalar maydonchalarining holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududida joylashgan bolalar maydonchasi ko‘zdan kechirildi. Natijada mazkur maydoncha hozirda qarovsiz qolganligi, uning atrofidagi hududda obodonlashtirish ishlari talab darajasida emasligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish hamda hududni obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida mas'ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.