Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri U.Bobojonov tomonidan tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan aholi, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda madaniyat muassasalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.