Жаңалықлар

Belgilangan vazifalar ijrosi muhokama markazida

         Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi Kengash raisi Sh.Xaytaxunov boshchiligida tahliliy muhokama qilindi. Muhokama davomida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan qarorlar va belgilangan topshiriqlar ijrosi holati atroflicha koʻrib chiqildi. Shuningdek, deputatlik korpusi tomonidan aholi murojaatlarini oʻrganish, hududlarda olib borilgan nazorat-tahlil tadbirlari hamda doimiy komissiyalar faoliyati natijalari yuzasidan axborotlar tinglandi.Yigʻilishda ish rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusi haftada amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 2