Жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati A.Mamatmuratov tomonidan 11-“Guliston” saylov okrugi hududidagi “Jiyanbobo” mahallasida o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda aniqlangan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5