Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI

Mazkur o‘rganish tadbiri doirasida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan tumanda yetishtirilayotgan olchalarni Fransiya davlatiga eksport qilish jarayonlari o‘rganildi.

Nazorat davomida mahsulotlarni saralash, qadoqlash, saqlash hamda eksportga tayyorlash ishlarining sifati, eksport jarayonida yaratilgan sharoitlar va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, eksport hajmini yanada oshirish, mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va fikr-mulohazalar bildirildi.


✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3