Жаңалықлар

#tavsiyalar_asosida_ijtimoiy_himoya

#tavsiyalar_asosida_ijtimoiy_himoya

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar hamda yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida shahardagi Inson ijtimoiy xizmatlar markazida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida markazning faoliyati, fuqarolar bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayoni joyida tahlil qilindi. Xodimlar tomonidan murojaatchilarni qabul qilish, ularning muammolarini o‘rganish va tegishli yo‘nalishlarga yo‘naltirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Alohida e’tibor nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlarga qaratildi. Binoda harakatlanish uchun qulay panduslar, ichki xonalarda erkin yurish imkoniyati, zarur yordam vositalari hamda murojaatchilar uchun qulay kutish sharoitlari mavjudligi qayd etildi. Xodimlar tomonidan ularga psixologik, huquqiy va ijtimoiy maslahatlar berish tizimli yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, davlat tomonidan taqdim etilayotgan ijtimoiy imtiyozlar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga pensiya va nafaqalar, bepul yoki imtiyozli tibbiy xizmatlar, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, sanatoriy-kurort davolanishi uchun yo‘llanmalar, shuningdek, uy-joy va transport masalalarida ayrim imtiyozlar mavjudligi muhokama qilindi. Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar nafaqasi va moddiy yordam tizimi ham amalda qanday ishlayotgani o‘rganildi.

Bandlikni ta’minlash yo‘nalishida esa kasb-hunarga o‘qitish kurslari, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish va ijtimoiy moslashuv dasturlari amalga oshirilayotgani qayd etildi. Markaz xodimlari ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

O‘rganish yakunida markaz faoliyatini yanada samarali tashkil etish, xizmatlar sifatini oshirish va aholiga tezkor hamda qulay ijtimoiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda monitoring qilib borish muhimligi qayd etildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 8