Жаңалықлар

KENGASH FAOLIYATI

Oltinsoy tumanidagi “Mavlonoi Muhammad Zohid” ziyoratgohiga tashrif amalga oshirildi

Surxondaryo viloyatidagi Kengash raislari Oltinsoy tumanining madaniy va tarixiy meros obyektlaridan biri — “Mavlonoi Muhammad Zohid” ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar ziyoratgohning boy tarixi, ma’naviy ahamiyati hamda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. 

Shuningdek, ushbu maskanning aholi va ziyoratchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tashrif hududning tarixiy-madaniy merosini asrash, uni keng targ‘ib etish hamda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 12