Жаңалықлар

KENGASH FAOLIYATI

Surxondaryo viloyatidagi Kengash raislari Oltinsoy tumanining madaniy va tarixiy meros obyektlaridan biri — “So‘fi Olloyor” ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ishtirokchilar ziyoratgohning boy tarixi, ma’naviy ahamiyati hamda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. 

Shuningdek, ushbu maskanning aholi va ziyoratchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tashrif hududning tarixiy-madaniy merosini asrash, uni keng targ‘ib etish hamda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tirof etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 7