Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati R.Ismoilova, tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘shko‘pir
tumandagi 4-son AFChO'Mda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” hamda "Ogohlik -
davr talabi" giyohvandlik va uni iste'mol qilishning zararli oqibatlari,
kiberjinoyatchilik mavzularida mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega davra
suhbati tashkil etildi. Tadbir yoshlar ongida ma’naviy immunitetni
kuchaytirish, ularni turli yot g‘oyalardan asrash hamda ilm-ma’rifatga bo‘lgan
qiziqishni yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.