Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Amanlikov Alibek Shaimkulovich tomonidan yo‘llangan deputatlik so‘rovi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, Boyovut tumani "Ma'naviyat" mahallasi ko‘chasida o‘rnatilgan transformator mavjud bo‘lishiga qaramasdan, elektr uzatish tarmog‘iga ulanmagan.
Hudud, viloyat kotibiyati bosh mutaxassisi E.Xayitboyev, tuman Kengash raisi O.Isanov hamda deputat A.Amanlikovlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi, mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida muammo tahlil qilindi.
O‘rganishda qo‘yilgan talablar:
▪️ Transformatorni qisqa muddatlarda elektr tarmog‘iga ulash;
▪️ Aniq muddat va mas’ullarni belgilash;
▪️ Muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish masalasi qo‘yildi.
Deputatlar nazorati orqali hududlardagi dolzarb muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.