Жаңалықлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Tinchlik” mahallasida pilla yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan fuqaroning murojaati yuzasidan deputat A.Amanlikov hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan fuqaro xonadoniga tashrif buyurildi.

Uchrashuv davomida pilla yetishtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda sohani yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mavjud holat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mutasaddilar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalishda tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 2