Жаңалықлар

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Chariyeva Dilfuza Aliyarovna xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov va "Muzrabot darvoza" MFY raisi J.Xolmurodov hamrohligida 26-maktabga tashrif buyurdi.

O'rganishda maktab direktori N.Jumayev va o‘qituvchilar bilan ta’lim muassasasining faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

O‘quvchi qizlar tomonidan tikuvchilik hunarini o‘rganish yoshlarning kelgusida munosib kasb egasi bo‘lishi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tashrif davomida deputat ta’lim sohasiga davlatimiz tomonidan qaratilgan e’tibor va olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi hamda o‘z taklif-tavsiyalarini bildirdi. Zero yosh avlodning bilimli va salohiyatli bo‘lishi mamlakatimiz kelajagini belgilaydi.

Slide 1 of 4