Жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

Tadbir doirasida mahalla profilaktika inspektori hamda otinoylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar, jumladan, ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan fikr almashildi va tegishli kelishuvlarga erishildi.

Shundan so‘ng deputat tomonidan mahalla fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3