Тuman hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev, IIB boshlig‘i Dilmurod Qurbonov va M.Mustafaqulovlar tomonidan Yangiqurilish mahallasida joylashgan “Kelajak markazi” faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv jihozlari hamda to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Mas’ullar tomonidan markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlarni kengroq jalb etish va ularning bandligini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, hududda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning qiziqishlari asosida yangi yo‘nalishlarni tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati