Жаңалықлар

#sorov_ijrosi 📢 Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdugʻaniyev Samo Nizomovich tomonidan joriy yilning 19-mart kuni Ishtixon tumani Mitan shaharchasida joylashgan 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi yonida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor o‘rnatish yuzasidan deputat so‘rovi kiritilgan edi.

Mazkur deputat tashabbusi va so‘rovi natijasida tegishli mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, hududda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida svetofor o‘rnatildi.

Ushbu chora-tadbirlar maktab atrofida o‘quvchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, transport harakatini tartibga solish bo‘yicha muhim amaliy yechim bo‘ldi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalaning ijobiy hal etilishi aholining xavfsiz va qulay harakatlanishiga xizmat qilmoqda hamda fuqarolar tomonidan ijobiy baholanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3