Жаңалықлар

📌 DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilmoqda.  

Navbatdagi sayyor qabul davomida “Nurli hayot” mahallasi saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida “mahalla yettiligi” tomonidan bolalar o‘yingohi va sport maydonchasi tashkil qilinishi yuzasidan muammolar borligi aniqlandi.  

Ushbu mahalla hududidagi Janatmakon 6-tor ko‘chasida mavjud 2 ta o‘yingoh o‘rnida yangi zamonaviy tipdagi bolalar o‘yingohi hamda sport maydonchasi tashkil qilish yuzasidan Urganch shahar hokimining o‘rinbosariga deputat so‘rovi chiqarildi.