Жаңалықлар

Yangi avlod kadrlari: Deputatlar yoshlar bilan uchrashdi

Tumandagi 1-sonli texnikumda bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Yu. Hakimov va Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripov hamkorligida ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bitiruvchi yoshlarning zamonaviy mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish, ularning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish hamda davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarda kadrlar zaxirasini shakllantirishdan iborat.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatlarga yuzlanishdi ochiq fikr almashildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 7