Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan tumanda rekonstruksiyasi boshlangan 23-sonli umumta’lim maktabi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur obyekt Oltinsoy tumanining “Olmazor” mahallasida joylashgan bo‘lib, loyiha doirasida 330 o‘quv o‘rinli zamonaviy bino qurilishi rejalashtirilgan.
Qurilish ishlarining umumiy qiymati 4 milliard 65 million so‘mdan ortiqni tashkil etadi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, muddatlari va belgilangan loyiha asosida olib borilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati