Жаңалықлар

“Madad” NNT faoliyati bilan hamkorlik

“Madad” NNT faoliyati bilan hamkorlik

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Karimova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Qanoatov bilan birgalikda Adliya huzurida tashkil etilgan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida joriy yil davomida fuqarolarga 1000 dan ortiq yuridik xizmatlar ko‘rsatilgani qayd etilgan. Bu esa aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish va aholiga sifatli yuridik xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 5