Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 14-Yangi shaxar saylov okrugi deputati tumani hokimi Dilmurod Qodirov fuqarolar murojaatlari yuzasidan “Ravot” mahallasining “Ehtirom” ko‘chasida aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda “Ehtirom” ko‘chasi aholisining tomorqalarni sug‘orishda qiynalib kelayotgani yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqdi.