Жаңалықлар

DEPUTAT “OCHIQ DARSDA”

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna ishtirokida tumandagi “Qorliq” mahallasida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabining faoliyati hamda moddiy-texnik bazasi o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining mavjud sharoitlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, infratuzilma holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. 

Mazkur tashrif doirasida deputat tomonidan o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda maktab sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 9