Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 22-“Shampan” saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Abdulatif Abdumavlon oʻgʻli oʻz okrugidagi mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari holati boʻyicha nazorat-taxlil tadbirini oʻtkazdi. Xususan deputat “Shampan” MFYdagi 18-umumta’lim maktabi va 53-umumta’lim maktablarining sport zallari va sport anjomlari mavjudligi, ulardagi jihozlarning holatini o‘rgandi. Oʻrganish jarayonida maktablardagi sport anjomlari va jihozlaridan unumli foydalanilayotgani aniqlandi.