Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imomov Sanjarali To‘lqinovich tomonidan 2025-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilar oldida axborot berildi.
Deputat Imomov S.T. 2025-yilning joriy uchinchi choragi davomida bajarilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari, ularning yechimi hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, chorak davomida deputat tomonidan 26 marotaba fuqarolar qabuli tashkil etilib, 100 nafardan ortiq fuqaroning turli ijtimoiy, maishiy va huquqiy masalalari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning katta qismi joyida hal etildi, qolganlari esa tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati ostida yuborildi.