35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Baymuratova Ittifoq mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan hududda aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ehtiyojmand fuqarolarni tegishli ijtimoiy ko‘makka yo‘naltirish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi tahlil qilindi.
Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyatida aholi manfaatlarini ustuvor qo‘yish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va manzilli yondashish, mavjud muammolarni joyida o‘rganib, ularning amaliy yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.