35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTAT FAOLIYATIDA SAMARADORLIK — ASOSIY MEZON.
18-sentyabr kuni belgilangan ish rejasi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan deputatlarning faoliyat samaradorligini oshirish, deputatlik vazifalarini sifatli tashkil etish hamda faoliyat ko‘rsatkichlarini KPI mezonlari asosida yuritish va tahlil qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Amaliy hamkorlik va ko‘mak Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi S. Nomozov tomonidan deputat B.Suyunovga deputatlik faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini (KPI) yuritish, tahlil qilish va natijadorlikni oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Jarayonda deputatning saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, ko‘tarilayotgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va amalga oshirilgan ishlar natijadorligini muntazam tahlil qilib borish muhimligi ta’kidlandi.
Asosiy maqsad — deputatlik faoliyatini aniq natijaga yo‘naltirish, saylovchilar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish orqali xalq vakili sifatidagi mas’uliyatni yana-da oshirishdir.
Slide 1 of 1