Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Zarapetyan 6-uy oldidagi daraxt holati o‘rganilib, bartaraf etildi
янв.21
“Yangiariq” MFY hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Jasorat ko‘chasidagi xiyobonning holati o‘rganildi
янв.21
I. Karimov ko‘chasi 114-uy hududidagi suv oqimi va yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Xalq platformasi orqali kelib tushgan murojaatlar ijro holati o‘rganildi
янв.21
"Hayot" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
Jasorat ko‘chasidagi xiyobonning holati o‘rganildi

Jasorat ko‘chasidagi xiyobonning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abror Abduganiyev xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka asosan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Matonat mahallasi Jasorat ko‘chasida joylashgan xiyobon, xususan P. Ochilov byusti qarshisidagi yashil hududning holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur xiyobon joriy yil davomida sug‘orilmaganligi sababli undagi archa daraxtlarining holati yomonlashgani, yashil hududning parvarishsiz qolganligi kuzatildi.

Shuningdek, hududdan muntazam foydalanadigan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarda ham daraxtlarning qurib borayotgani va sug‘orish ishlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi.

O‘rganish davomida xiyobonning yashil qoplamasini saqlab qolish, daraxtlarni muntazam sug‘orish va parvarishlash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, shuningdek, hududning obodligini ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan fikr almashildi.

Ta’kidlanishicha, shahar hududidagi yashil maydonlarni asrab-avaylash va ularning ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarur.

Slide 1 of 4